
Qizig'i shundaki, shu yil ikki vazn toifasida UFC chempioniga aylangan Islam Maxachevga bironta nominaciyada ham g'oliblik berilmadi.
ESPN tomonidan 2025 yil natijalari:
Yilning eng yaxshi turniri — UFC 317 (qolgan nominantlar: UFC 322, UFC 323, UFC 314).
Yil jangi — UFC 317 turniri doirasidagi Brendon Royval - Joshua Van (qolgan nominantlar: Diego Lopes — Jan Silva; Merab Dvalishvili — Umar Nurmagomedov; Nikolas Motta — Nazim Sadixov).
Erkaklar o'rtasida yilning eng yaxshi jangchisi — Merab Dvalishvili (qolgan nominantlar: Islam Maxachev, Joshua Van, Aleks Pereyra, Iliya Topuriya).
Ayollar o'rtasida yilning eng yaxshi jangchisi — Valentina SHevchenko (qolgan nominant: Kayla Xarrison).
Yil jangchisi — Joshua Van (qolgan nominantlar: Maykl Morales, Entoni Ernandes).
Yil nokauti — UFC 313 turniri kardidagi Maurisio Ruffi - Bobbi Grin jangidagi oyoqda aylantirib tepilgan zarba (qolgan nominantlar: Karlos Pratesning Jeff Nil ustidan qozongan g'alabasi; Iliya Topuriyaning CHarlz Oliveyra ustidan qozongan g'alabasi; Malkolm Uellmeykerning Kris Moutino ustidan qozongan g'alabasi; Aleks Pereyraning revanshda Magomed Ankalaevni mag'lub etishi; Irji Proxazkaning Xalil Rauntri ustidan qozongan g'alabasi).
Eng rivojlangan jangchi — Peyton Talbott (qolgan nominantlar: Makkenzi Dyorn, Brendan Allen va Benua Sen-Deni).
Yilning eng esda qolarli vaziyati — UFC 319 turniridagi aylanma harakat bilan tirsakdagi ketma-ket ikkita nokaut (qolgan nominantlar: Xarrison va Julliana Penyaning UFC 316 turniridagi jangi; Derrik Lyuisning Tallison Teyshera ustidan qozongan g'alabasidan keyingi intervyusi; Iliya Topuriya ikki vaznda chempion bo'lishi; Maxachev ikki vaznda chempion bo'lishi; Yanning Dvalishvilini mag'lubiyatga uchratishi.

ESPN MMA bo'yicha yil yakunlarini sarhisob qildi. Maxachev hech bir nominaciyada g'olib bo'lmadi