SHundan so'ng bokschimiz kanadalik Kodi Krovli bilan 10 aprelda jang qilishi haqida xabar bergan edi. Biroq puerto-rikolik Xaver Flores qayta ko'rikdan o'tgan va jang belgilangan vaqtda bo'lib o'tadi.
Biz Abduqahhorov bilan bog'lanib aprel oyidagi Krovli bilan to'qnashuvning taqdiri haqida so'radik:
"Flores bilan jang o'tganidan keyin, apreldagi jang haqida yakuniy qarorga kelinadi. Hozircha Krovli bilan bahs to'g'risida aniq biror gap aytolmayman", - dedi bokschimiz.
Eslatib o'tamiz, Qudratillo Abduqahhorov ayni paytda Errol Spensga tegishli bo'lib turgan IBF chempionlik kamari uchun majburiy davogar hisoblanadi.
"Men Top-5`da Dvalishvili bilan jang qilmagan yagonaman" - Sendxagen kamar uchun jang qilmoqchi
Ankalaev Proxazka bilan jang qilmaydi, Pereyra bilan revansh bo'yicha muzokara ketmoqda
Bektemir Meliqo'zievning vaznidagi Berlanga raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi + VIDEO