Tashkilot prezidenti ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregorni eng sevimli jangchisi deb hisoblaydi.
"Eng sevimli jangchim? Konor Makgregor. U janglarda ishtirok etadigan bo'lsa, butun dunyo aqldan ozadi. Bu bola jang qiladigan vaqtida odamlar shokka tushadi. U UFC'ga tezroq qaytishi va Dastinni nokautga uchratishi lozim", - dedi Dana.
Eslatib o'tamiz, Konor so'nggi jangida Dastin Porega qarshi oktagonga ko'tarilib, texnik nokaut bilan mag'lub bo'lgandi.