"Bu yigit har doim eng kutilmagan va yoqimsiz pallada paydo bo'ladi. Biz mehmonxonada uchrashganimizda ham shunday bo'lgan edi. U doim yo'q joydan paydo bo'lib qoladi.
Menga u bilan jang umuman qiziq emas. Pyotr Yan bilan revansh o'tkazganimdan so'ng, Sexudo bilan jang haqida o'ylashni boshlashim mumkin. Men Sexudo bilan hisob-kitob qilib olishga tayyorman", - dedi Aljameyn Sterling.