SportUz.Net
photo photo

WBC reytingi. Abdug'ofurov ko'tarildi va boshqa 7 nafar o'zbek bokschisining yangilangan reytingdagi o'rni qanday?

10.03.2021 16:20    


Rasmni yuklab olish

Butunjahon boks uyushmasi (WBC) mart oyi uchun bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.

WBC boshqa tashkilotlardan farqli ravishda kuchli 15 bokschini emas, 40 nafar charm qo'lqop ustasi reytingini elon qiladi. 

7 mart kuni elon qilingan reytingdan 8 nafar o'zbekistonlik bokschi o'rin olgan. 

Birinchi o'ta engil vazn toifasida (-48,9) Hasanboy Do'smatov avvalgi oydagi kabi 32-pog'onada qayd etilgan.

Birinchi yarim o'rta vazn toifasida (-63,50 kg) ikki  vakilimiz WBC reytingida TOP-40dan joy olgan. SHohjahon Ergashev WBC reytingida 22-pog'onadan joy olgan. Yana bir charm qo'lqop ustamiz Anvar Turopov esa 40-o'ringa joylashgan. 

Yarimo'rta vazn toifasida (-66,67 kg) Qudratillo Abduqahhorov 8-pog'onani band etgan. 

Birinchi o'rta vazn toifasida (-69,8 kg) Isroil Madrimov yangilagan reytingning 24-o'rniga tushgan. Ushbu vaznda WBC Youth kamarini qo'lga kiritgan Ravshan Mahammadjonov 40-o'rinda qayd etilgan.

Ikkinchi o'rta vazn toifasidagi Azizbek Abdug'ofurov (-76,2 kg) to'rtinchi o'ringa ko'tarilgan. Eslatib o'tamiz, Azizbek ayni paytda WBC Silver kamari sohibi hisoblanadi va bir necha kundan so'ng kamarini himoya qiladi. Mazkur vaznda shuningdek WBA Americas kamari sohibi Bektemir Meliqo'ziev 30-o'ringa ko'tarilgan. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: