Braziliyalik tajribali jangchi Islam atrofida bo'layotgan ajiotaj, uni suniy ravishda ko'tarishga bo'layotgan harakatlardan norozi ekanini ochiq-oydin oshkor qildi. Dos Anosning bunday keskin fikr bildirishiga ESPN MMA "Instagram" sahifasida qoldirilgan post sabab bo'lgan. Video ko'rinishidagi muloqotda Daniel Korme Islamni divizionning "eng xavfli jangchisi" deb atagandi.
"Islam endigina Top jangchi bo'lishga davogarlardan birini mag'lub etdi. Beneyl Dariush ham Dryu Doberdan ustun kelgandi. Lekin u haqida hech kim lom-mim demadi. Maxachevni xayp qilishni, soxta pyar qilishni bas qilinglar", — deya video ostida xabar qoldirgan dos Anos.
Eslatib o'tamiz, Islam Maxachev yakshanba tongida Las-Vegas shahrida o'tkazilgan UFC 259 turniri doirasida Dryu Doberni bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgan edi.