SportUz.Net
iks
ads

Xolli Xolm WBA chempionlik kamari uchun jang qiladi

06.11.2025 11:57    


Rasmni yuklab olish

Ayollar o'rtasida engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xolli Xolm 3 yanvar kuni Puerto-Rikoning San-Xuan shahrida boks bo'yicha jahon chempioni bo'lish uchun urinib ko'radi.

U Stefani Xanga qarshi engil vazn toifasidagi WBA chempionlik kamari uchun ringga ko'tariladi. Bu ikki amerikalikning chempionlik jangi Amanda Serrano va Erika Kruz o'rtasidagi boks oqshomining ikkinchi muhim voqeasi bo'ladi.

Bu haqda Most Valuable Promotions promouterlik kompaniyasi rasman malum qildi.

Malumot uchun, 44 yoshli Xolli Xolm iyun oyida uzoq tanaffusdan so'ng Iolanda Vegani hakamlarning yakdil qarori evaziga mag'lub etgandi. Xolli MMAga o'tishdan oldin 2002 yildan 2013 yilgacha professional ringda qatnashib, shu vaqt ichida WBC, WBF va IBA chempionlik kamarlarini qo'lga kiritgan. 2022 yilda Xolm Xalqaro boks shon-shuhrat zaliga kiritildi. Uning boksdagi rekordi 34 g'alaba, 2 mag'lubiyat va 3 durangdan iborat.

35 yoshli Stefani Xan professional faoliyatida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelyapti. Uning hisobida 11 g'alaba bor. SHu yilning fevral oyida u Xanna Terlepni nokautga uchratib, engil vazn toifasida WBA chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. Avgust oyida Paulina Angelni ochkolar hisobiga ko'ra yutib, kamar himoyasini muvaffaqiyatli o'tkazdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: