SportUz.Net
photo photo

Petr Yanning sekundanti tizzasi bilan zarba berishni maslahat berdi. Nega va nima uchun? Mana ularning suhbati

08.03.2021 15:20    


Rasmni yuklab olish

Endilikda rossiyalik sobiq UFC chempioni Petr Yan kecha ilk himoya jangidayoq alamli tarzda kamaridan ayrildi.

Burchakdagilarning qo'pol xatosi

Petr Yan kecha ilk himoya jangida kamaridan ayrildi. U jangda mag'lub bo'lmadi, biroq taqiqlagan zarbani yo'llashi oqibatida hakamlar shunday qarorga kelishdi. Yan bunday yo'l tutishini jamoadoshlarining maslahatiga amal qilgani bilan izohladi.

Yanni chempionlik jangiga to'rt murabbiy odam tayyorladi: Ular boks murabbiyi Jon Xatchinson, jiu-jitsu murabbiyi Markos Da Matta hamda sparing do'stlari Denis Lavrentev va Aleksey Sokorin. Uning janglarida sekundant bo'lib ikki rus ishlagan.

Endi bo'lgan vaziyat haqida. MMA qoidalariga ko'ra himoyalanuvchining qo'li yoki oyoqlaridan biri tayanch vazifasini bajarayotgan vaqtda tizza yoki oyoq bilan uning boshiga zarba berib bo'lmaydi. Mana shunday ko'rinishda:

Bu holatda Xabib Dastinga oyoq bilan zarba berishi mumkin emas edi, chunki amerikalikning qo'li kanvasni ushlab turgandi. 

Jang yakunidan so'ng Yan raqibining qo'liga etibor berganini va shu sababli zarba yo'llaganini aytgandi. 

Bu erdagi suratda Sterlingning qo'li erda edi va shu sababli ham Yanda zarba berish imkoni yo'q edi. 

Biroq Sterling malum vaqtdan so'ng qo'lini oldi va o'sha vaqtda Yan jamoadoshlaridan zarba berish mumkin yoki mumkin emasligini so'radi.

- Tep, tep!

- Tizza bilanmi?

- Ha!

SHu javobdan so'ng Yan zarba yo'lladi. Lekin bu ko'rsatma rossiyalikni kamaridan mahrum qildi. 

Mana bu holatda Petr zarba yo'lladi va bu erda ko'rinib turganidek, Sterlingning tizzasi erga tegib turgandi. 

Yan uchun endi ikkita  yo'l bor. Birinchisi, tashkilot rahbari aytganidek, ular o'rtasida revansh jangi tashkil etiladi.

Ikkinchida esa, agar Yanning vakillari zarba berilgan vaqtda tizza erda bo'lmaganini isbotlay olishsa, texnik mag'lubiyat nokautga o'zgaradi va Yanga UFC kamari qaytarib beriladi. 

Katta ehtimol bilan voqealar rivoji ikkinchi variantda bo'lmasligi deyarli 90 foizga aniq...



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: