SportUz.Net
iks
ads

Nursulton bilan jangi amalga oshmay qolgan engilmas "Gladiator" UFC rosteridan chiqarildi

23.12.2025 15:33    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik 34 yoshli UFC jangchisi Rinat Faxretdinovga dunyoning eng kuchli ligasi rahbarlari tomonidan chiqish eshiklari ko'rsatildi.

Tataristonlik "Gladiator" yarim o'rta vazn toifasida o'z janglarini o'tkazib kelayotgandi. U UFC rosteridan chiqarildi. Promoushen Rinatning ijobiy statistikasiga qaramay, u bilan shartnomani uzaytirmaslikni lozim topdi. Faxretdinov UFC promoushenida 7 ta jang o'tkazib, 6 g'alaba va 1 durang qayd etgandi. 

Umuman olganda, Rinat professional MMAdagi faoliyati davomida 26 ta jang o'tkazgan (24 g'alaba, 1 durang, 1 mag'lubiyat). Faxretdinov so'nggi uchta jangida (barchasi UFC`da) g'alaba qozongan. Oxirgi jangi 2025 yilning sentyabrida bo'lib o'tgan, o'shanda u shveciyalik Andreas Gustafssonni birinchi raundda nokautga uchratgandi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning 26 oktyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida o'tkazilgan UFC 308 turnirida hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboevga aynan Rinat Faxretdinovga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Lekin Ro'ziboevning jarohati sabab ushbu jang amalga oshmay qolgandi.  



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: