
Liga asoschisi ko'pchilikka tanish MMA murabbiyi Jasur Alijonov hisoblanadi.
"Bugun "Mangu" professional Ligasining rasmiy ochilish konferenciyasi bo'lib o'tdi. Ushbu tadbir davomida asosiy maqsadimiz aniq va qatiy ekanini takidladik — tarixda qolish. Oldinda katta yo'l, katta marralar bor. Bizning yo'limiz sifatdan boshlanadi.
"Mangu" professional ligasi O'zbekistonda faqatgina yuqori darajadagi, sifatli ligalar safidan o'rin olishni maqsad qilgan. Har bir qaror, har bir qadam kelajak tarixini yaratish uchun tashlanmoqda.
Ochilish konferenciyasida ishtirok etib, bizni qo'llab-quvvatlagan barcha mehmonlarga chin yurakdan rahmat. Oldinda katta rejalar va katta natijalar kutmoqda", - dedi Alijonov.
Alijonov o'z shogirdlaridan biri, sobiq UFC jangchisi Mahmud Muradov egalik qiluvchi Muradov Professional League'sida vice-prezident hisoblanardi.
Mangu MMA'ning ilk turniri 2026 yilning 7 fevral kuni poytaxtimizdagi "Humo Arena"da bo'lib o'tadi.


"Kimdir rostdan ham Jeyk g'alaba qozonadi deb o'ylaganmidi?" - Korme Joshua - Pol jangi haqida