SportUz.Net
photo photo

Bahodir Jalolov: Olimpiada chempioni maqomidan keyin kuchliroq raqib bilan jang qilishni xohlayman

01.12.2021 14:00    


Rasmni yuklab olish

Bahodir Jalolov bo'lajak jang haqida fikr bildirdi.

Kuni kecha poytaxtimizdagi muhtasham «Forumlar saroyi»da imkoniyati cheklanganlar kuni munosabati bilan «Biz turlimiz. Biz tengmiz. Bir jamoa» shiori ostida koncert dasturi bo'lib o'tdi. Tadbirda paralimpiyachilarimiz, shuningdek bir qator nomdor sportchilarimiz ham ishtirok etishdi. Koncert yakunida SportUz.Net sayti muxbiri Tokio Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov bilan flesh intervyu tashkil qildi. Jalolov avvalo, 11 dekabr kuni bo'ladigan jangi to'g'risida gapirdi:

«Nasib qilsa, jangim 11 dekabr kuni Dubayda bo'lib o'tadi. Tayyorgarlikni allaqachon boshlaganmiz. Hozircha raqib nomalum, bir nechta variantlarni ko'rib chiqyapmiz, bir-ikki kunda aniq bo'ladi. To'g'risini aytsam, raqibni men tanlamyapman, bu ish bilan ustozlarim shug'ullanishyapti. Men kim bo'lsa ham yaxshi raqib beringlar deb aytdim. Olimpiada chempioni maqomidan keyin kuchliroq bokschi bilan jang qilishim kerak. O'zimning xohishim ham shu, negaki, tayyorgarlik ham shunga yarasha bo'lmoqda. Promouterlarim bu jangni Dubayda o'tkazish qaroriga kelishdi, nasib qilsa, O'zbekistonda yana ringga chiqamiz».


Bokschi koncert haqidagi taassurotlari bilan ham o'rtoqlashdi:

«Bugungi koncert ajoyib ruhda bo'lib o'tdi. Ochig'ini aytishim kerak, ko'zda yosh bilan tomosha qildik, juda chiroyli tayyorgarlik ko'rilgan ekan. Kim bo'lishimizdan qatiy nazar har birimiz insonmiz. Sog'lommi, yoki imkoniyati cheklanganmi, barchamiz Allohni bandasimiz. SHuning uchun kimnidir ko'rinishiga yoki imkoniyatiga qarab baho bermaslik lozim. Iloji boricha, imkoniyati cheklangan insonlar bilan ham do'st bo'lish kerak. Bu tadbirni ko'rib qalbimda yana bir bor shukronalikni his qildim. Kimnidir qo'li yo'q, kimnidir oyog'i, kimdir gapira olmaydi. Bizni shunday qilib yaratgani uchun Allohga shukur qilishimiz darkor. Bunday koncertlarning foydali jihatlari ko'p. Negaki, hayotimizda ozgina qiynalsa noshukurlik qiladigan odamlarni ko'ramiz. SHu kabi tadbirlar tez-tez bo'lib tursa, ko'pchilikka o'rnak bo'lardi», - dedi Jalolov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: