SportUz.Net
photo photo

Murabbiy sparring paytida Usikni qanday nokaut qilishgani haqida gapirdi

30.11.2021 12:40    


Rasmni yuklab olish

Og'ir vazndagi sobiq jahon chempioni Vladimir Klichkoning murabbiyi Sergey Gorodnichev Aleksandr Usikni nokaut bo'lgani haqida gapirdi.

Bokschi Yago Kiladze sparring payti Aleksandr Usikni nokautga uchratgan.

"Men bu hikoyani hech kimga aytmaganman. Yago Kiladze men bilan shug'ullanayotgan payti biz sparring uchun zalga borgandik. Yago ikkinchi raundda Usikni tanasiga bir zarba bilan nokaut qilgandi. Usik yonboshi bilan o'tirib qolgandi. SHunday o'tirib qo'ygandiki, sparringni bekor qilishga majbur bo'lgandik. Usikning murabbiyi esa bizga shikoyat qilgandi: "Sizlar beldan pastga zarba berdinglar". Men kamera orqali vaziyatni takroran ko'rishni taklif qilgandim. Bu tanaga yo'llangan zarba edi. Ikkinchi sparring esa juda shiddatli, haqiqiy jangdek bo'lgandi", - dedi Gorodnichev.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: