SportUz.Net
photo photo

Aleksandr Emelyanenko: "Santos ikkinchi raundgacha tirik qolmaydi"

27.11.2021 17:20    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik MMA jangchisi Aleksandr Emelyanenko Marsio Santosga qarshi jangi oldidan fikr bildirdi.

"Men to'g'ri va balansli ovqatlanishimni taminlayotgan homiylar sababli vazn tashladim. Hozirgi sport formam Magomed Ismailov bilan jangdan oldingi ko'rinishimdan ham yaxshiroq.

Men hozir eng yaxshi sharoitdaman. Ismailovga qarshi jangni esa yarim yilga qoldirib, meni har kuni nonushta bilan boqishgandi. Men ancha vaqt kutib qolgandim va jangga bo'lgan qiziqishim tushib ketgandi.

O'ylashimcha, Santos ikkinchi raundgacha tirik qolmaydi", - dedi Aleksandr Emelyanenko.

Eslatib o'tamiz, Aleksandr Emelyanenko va Marsio Santos jangi bugun o'tkaziladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: