SportUz.Net
photo photo

UFC. Ikki vazn chempionlari o'rtasidagi uzoq kutilgan jang to'liq davom etdi + FOTO

07.03.2021 12:20    


Rasmni yuklab olish

Las-Vegas shahrida uzoq kutilgan UFC 259 turniri yakuniga etdi.

Turnirning markaziy jangida ikki vazn chempioni - Israel Adesanya va Yan Blaxovich o'zaro to'qnash keldi. 

Markaziy jang to'liq davom etdi va yakunda hakamlar qaroriga murojaat qilindi. Unga ko'ra, hakamlar bir ovozdan Yan Blaxovichning g'alabasini qayd etishdi. Bu orqali polshalik Blaxovich yarimog'ir vazn toifasidagi kamarini o'zida saqlab qoldi. 

O'rta vazn chempioni Israel Adesanya esa faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Ammo shu bilan birga uning kamarlari ham o'zida qoladi. CHunki, jangda faqatgina Blaxovichning yarimog'ir vazn toifasidagi kamari o'rtaga qo'yilgandi.  




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: