www.olamsport.com sayti muxbiri bekor qilingan to'qnashuv va yangi raqib haqida bokschimizning fikrlariga qiziqdi:
"13 mart kuniga rejalashtirilgan jangim bekor qilindi. SHunday bo'lishi kerak ekan, nima ham derdik. Havier Flores tibbiy ko'rikdan o'ta olmadi, balki virus bilan bog'liqdir. Aniq sababini bilmayman, bizga faqat ko'rikdan o'ta olmaganini aytishdi. Yangi raqibim kanadalik Kodi Krovli bo'ladi. Nasib qilsa, 10 aprel kuni ringga ko'tarilaman. Krovli ham kuchli bokschi. 19 ta jang o'tkazib, hammasida g'alaba qozongan. Tayyorgarlikni Havier Floresning chapaqay ekanligini inobatga olgan holda olib borayotgan edik. Kodi Krovli ham chapaqay bokschi ekan. Jang bekor qilinganidan so'ng qaysi bokschilarga taklif bilan chiqilganini men bilmayman. Jangga 9-10 kun qolganida hech kim rozi bo'lmaydi, vazn tashlash, tayyorgarlikka ulgurish qiyin. In SHaa Alloh, harakat qilyapmiz, hammasi yaxshi bo'ladi", - dedi Qudratillo Abduqahhorov muxbirimiz bilan suhbatda.