SportUz.Net
photo photo

Oybek Kasimov Mahmud Murodovni muvaffaqiyatli debyut bilan qutladi

25.10.2021 17:43    


Rasmni yuklab olish

Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumki, 22 oktyabr kuni Toshkentda aralash jang san’ati bo‘yicha tashkil etilgan "MURADOV PROFESSIONAL LEAGUE” o‘zining ilk tadbirini o‘tkazdi. MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov liga asoschisi Mahmud Murodovni muvaffaqiyatli o‘tgan kecha bilan tabriklab, uning kelgusi faoliyatida omad tiladi.

“Bu mamlakatimizda ommaviy sport targ‘iboti yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Turli joylarda o‘z o‘rnini topa olmay yurgan mard jangchilarimizni birlashtiradigan mazkur loyiha muxlislar uchun katta quvonch ulashdi. Davlatimiz bunday loyihalarni qo‘llab-quvvatlar ekan, undan yurtimiz bayrog‘ini munosib himoya qiladigan ko‘plab o‘g‘lonlarimizni kashf etamiz. Liganing kelgusi faoliyatida omad tilab qolaman”, – dedi Oybek Kasimov Murodov bilan uchrashuvda.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Murodov UFC doirasida jang qilgan o‘zbekistonlik birinchi sportchi hisoblanadi. Uning boshchiligida tashkil etilgan yangi liga kelajakda chet ellarda ham o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: