SportUz.Net
photo photo

Saken Polatov Kuba boks federaciyasi bilan hamkorlik hali uzoq vaqt davom etishini aytdi

21.10.2021 20:00    


Rasmni yuklab olish

Xabar berib o'tganimizdek, bugun poytaxtimizda jahon chempionatida qatnashadigan O'zbekiston va Kuba boks terma jamoalari azolari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Ushbu matbuot anjumani oldidan O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov Kuba boks federaciyasi prezidenti Alberto Puig bilan uchrashib, oldinda turgan bir qator rejalarni muhokama qildi. 

Saken Polatov uchrashuv davomida O'zbekiston va Kuba boksi o'rtasidagi hamkorlik hali uzoq vaqt davom etishi, hali bunday qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlari yana bir necha marotaba tashkil etilishi haqida gapirdi. O'z navbatida Alberto Puig O'zbekistondagi sharoitlardan mamnun bo'lgani, Kuba va O'zbekiston boksida bir-biridan o'rganadigan jihatlar hali ko'p ekanligini malum qildi. 

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: