"Jangga ruxsat berilishi bilanoq oktagonning markazini egallab olaman. Kori Sandxagen bilan jangda qilgan ishimni takrorlayman - men uni burchakka taqab qo'yaman. U meni zarba bilan kutib olishga harakat qiladi, menga yaqinlashishi bilanoq uni yiqitaman. Balki u o'rnidan turishga harakat qilishi mumkin, lekin yana uni uloqtiraman", - dedi amerikalik RT Sport MMA telekanaliga bergan intervyusida.
Sterling Yanning sobiq raqibi Magomed Magomedov bilan aloqa va mashg'ulotlar uni o'tmishda UFC chempioni janglarga tayyorgarlikda doping ishlatishi mumkin degan fikrga olib kelganini ham aytib o'tdi.
"Magomed menga Petrning birinchi jangga qaraganda ancha kuchliroq bo'lganini aytdi. Bu nima bilan bog'liqligini bilmayman va men hukm qilishim kerak emas. Biroq u endi USADA nazorati ostida jang qilmoqda va umid qilamanki, biron narsa bo'lsa ham endi u bunday qilmaydi", - deya so'zlariga yakun yasadi Sterling.
Eslatib o'tamiz, Petr Yan va Aljameyn Sterling o'rtasidagi chempionlik jangi bizning vaqt bilan 7 mart kuni Las-Vegasdagi UFC 259 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
"Unga muxlislik qilaman". Fiziev Islam Maxachevga qarshi kim jang qilishi kerakligini aytdi