SportUz.Net
photo photo

Vitaliy Klichko Usik va Joshua o'rtasidagi jang haqida: Aleksandrning faoliyatidagi eng qiyin jang

25.09.2021 11:20    


Rasmni yuklab olish

Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Vitaliy Klichko Joshua - Usik to'qnashuvi haqida o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

Joshua WBA, WBO, IBF va IBO chempionlik kamarlarini ukrainalikdan himoya qiladi.

«Bu Usikning sport faoliyatidagi eng qiyin uchrashuv bo'ladi. Aleksandr hech qachon bunday darajadagi bokschi bilan uchrashmagan. Imkoniyat? Hammasi strategiya va taktika qanchalik to'g'ri bo'lishiga bog'liq. Aleksandr jang formulasini Joshuaga qanday yuklay olishi hamda raqibining bo'yi va vazni ustunligidan foydalanishga to'sqinlik qila olishiga bog'liq. CHunki Joshua Usikdan baland va qo'llarning uzunligi va kuchli o'ng qo'l zarbasidagi ustunlikdan foydalanib qarshi hujumga o'tishga harakat qiladi», - deya Klichkodan iqtibos keltiradi meta-ratings.com.ua nashri.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: