Kechaning markaziy jangida Jairzino Rozenstrayk va Siril Gan o'zaro bahs olib borishdi. Besh raundga mo'ljallangan bahs to'liq davom etdi va hakamlar bir ovozdan Sirilning g'alabasini elon qildi.
SHu tariqa, Jairzino Rozenstrayk qatorasiga ikkinchi jangida imkoniyatni boy berdi. Gan esa faoliyatidagi sakkizinchi jangini o'tkazdi va barchasida g'alaba qozonishga erishdi.