SportUz.Net
photo photo

Shohasan Mirzamatov ukrainalik raqibini texnik nokautga uchratdi

17.09.2021 21:43    


Rasmni yuklab olish

Maksim Soroka navbatdagi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Hozirgina Qozog‘istonning Almati shahrida davom etayotgan "Oktagon 23" turnirining ikkinchi markaziy jangida hamyurtimiz Shohasan Mirzamatov oktagonga kщtarildi. U yurtdoshimizni jangga chorlagan Ukraina vakili Maksim Sorokaga qarshi bahs yuritdi. 

Quvonarlisi, hamyurtimiz birinchi raundning ilk daqiqasidayoq raqibini texnik nokautga uchratgan holda g‘alabaga erishdi.

Endi, Shohasanning "Oktagon" promoushenida navbatdagi jangi yarim o‘rta vazn (77.1 kg) toifasida chempionlik kamari uchun bo‘ladi. Bu divizion chempioni esa, qozog‘istonlik Baurjan Kuanishboev hisoblanadi. 

Shu o‘rinda mazkur chiroyli g‘alaba bilan hamyurtimizni tabriklaymiz!

 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: