SportUz.Net
photo photo

Ortisning fikricha, Silva uni taqiqlangan harakat bilan nokautga uchratgan

17.09.2021 14:00    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Tito Ortis o'rta vazn toifasida sobiq chempion Anderson Silvadan qabul qilib olgan mag'lubiyatini izohladi.

Ularning jangi 12 sentyabrga o'tar kechasi Gollivudda (AQSH) Triller Fight Club boks oqshomi doirasida bo'lib o'tgan va birinchi raundda Silvaning nokautli g'alabasi bilan yakunlangandi.

"Bu o'ng tomondan yaxshi zarba edi. Lekin boshning orqa qismiga zarba berishini bilmasdim. Endi nima uchun boshimning orqa qismi og'riganligi aniq bo'ldi", - deb yozgan Tito Ortis o'zining Twitter'dagi sahifasida, lekin oradan oz fursat o'tgandan so'ng postni o'chirib tashladi.

46 yoshli Anderson Silva aralash yakkakurashdan ketganidan beri professional boksda ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. SHu yilning iyun oyida braziliyalik boks bo'yicha o'rta vazn toifasida sobiq WBC chempioni Xulio Sezar CHavesni hakamlarning qarori bilan kichik hisobda mag'lub etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: