SportUz.Net
photo photo

Evander Xolifild bir oyga janglardan chetlatildi

16.09.2021 17:40    


Rasmni yuklab olish

Birinchi og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Evander Xolifild janglardan 30 kunlik tibbiy diskvalifikaciya oldi.

Bu qaror Florida shtati boks komissiyasi tomonidan Uolfild hafta oxirida sobiq UFC chempioni Vitor Belfort bilan o'tkazilgan jangda mag'lubiyatga uchragach qabul qilingan. Belfortga kelsak, u tibbiy diskvalifikaciyadan qutulib qoldi, deb xabar beradi Bleacher Report.

Eslatib o'tamiz, dastlab Oskar de la Xoyyaning Belfort bilan uchrashishi rejalashtirilgan edi va Xolifild keyingi jangda Kevin Makbrayd bilan jang qilishi kerak edi, ammo bu janglar bekor qilindi. De la Xoyya koronavirusga chalinganidan so'ng, uning o'rniga Xolifild jang o'tkazdi.

Xolifild hisobida professional boksda 57 ta jang: 44 ta g'alaba (shu jumladan, 29 tasida nokaut), 10 ta mag'lubiyat va ikkita durang bor. Yana bir jang tashkil etilmagan deb topilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: