SportUz.Net
photo photo

Ukrainadagi turnirda hozircha 1 ta final, 5 ta yarim final!

25.02.2021 22:20    


Rasmni yuklab olish

Bugun O.V.Asaulenka xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnirda 5 nafar bokschimiz jang qilishi haqida xabar qilgandik.

Kun davomida 4 bokschimiz ringga ko'tarildi. Yana bir bokschimiz esa avtomatik ravishda keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 

Bugun musobaqa doirasida o'zbekistonlik bokschilar quyidagicha natija qayd etishdi:

-52 kg: Sodirbek Kamolmirzaev - Rostislav Bilostockiy (Ukraina) - g'alaba

-63 kg: SHunqor Abdurasulov - Nurjan Serikbaev (Qozog'iston) - mag'lubiyat

-69 kg: Jahongir Rahmonov - Miroslav Ishenko (Isroil) - g'alaba

+91 kg: Jamshid Xudoyberganov - Axmad Alteymat (Iordaniya) - g'alaba

+91 kg: SHohjahon Abdullaev - Mixaylo Luchkin (Ukraina) - texnik g'alaba (bokschimizning raqibi jangda ishtirok etmadi va Abdullaev avtomatik ravishda yarim finalga yo'l oldi)

Hozircha Sodirbek Kamolmirzaev final yo'llanmasini qo'lga kiritgan bo'lsa, yana bugun g'alaba qozongan 3 bokschimiz, shuningdek Abdumalik Xalakov (-57 kg) va Saidjamshid Jafarov (-75 kg) ertaga yarim final jangida ringga ko'tariladi. 

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: