SportUz.Net
photo photo

Eddi Xirn Bivolning rejalari haqida gapirdi

25.02.2021 10:20    


Rasmni yuklab olish

Dmitriy Bivolning (17-0-0, 11 KO) promouteri Eddi Xirn hozirda Gilberto Ramires va uning jamoasi bilan muzokaralar olib borayotganini, lekin Bivolning keyingi jangi Kreyg Richards (16-1-1, 9 KO) bo'lishini bildirdi.

"Biz hozirda Gilberto Ramires va uning jamoasi bilan muzokaralar olib borayapmiz. Biz unga Bivol bilan jang qilish taklifini berdik. Dmitriy keyingi jangini Kreyg Richardsga qarshi o'tkazadi, agar g'alaba qozonsa, shundan so'ng Ramiresga qarshi jang qiladi.

Menga Gilberto Ramires bilan jang qilish g'oyasi maqul kelyapti, lekin birinchi Richardsning imkoniyatlarini ko'zdan kechirishimiz lozim", - dedi Eddi Xirn.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: