
Kayo Borraloning oktagonga qaytishi 7 mart kuni AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC 326 turniriga mo'ljallanmoqda. O'rta vazn toifasidagi bo'lajak jangda Kayoga Rene de Ridder raqiblik qilar ekan.
Qizig'i, ikkala aralash yakkakurash ustasi ham ehtimoliy davogarlik janglaridagi mag'lubiyatlardan so'ng oktagonga qaytadi. Braziliyalik sentyabr oyida hakamlar qaroriga ko'ra Nassurdin Imavovga yutqazgan bo'lsa, niderlandiyalik oktyabr oyida Brendan Allenga imkoniyatni boy bergandi. Rene de Ridderning murabbiylari o'sha jangning to'rtinchi raundida oktagonga oq sochiq tashlashgandi.
Ayni paytda UFC’ning o'rta vazn toifasi reytingida Kayo Borralo hamda Rene de Ridder mos ravishda ettinchi va sakkizinchi pog'onalarni egallab turibdi.
