
Endi UFC o'rta vazn toifasi vakilining o'rnini Romeroga qarshi bahsda Bellator sobiq jangchisi Pet Dauni egallaydi. U 20 dekabr kuni kubalik bilan yarim og'ir vazn toifasida vaqtinchalik RAF chempionlik kamarini uchun jang o'tkazadi.
SHu bilan birga, Nikalning 10 yanvar kuni Sanrayzda bo'lib o'tadigan RAF 5 turnirida gilamga qaytishi elon qilindi. Ammo u g'olib bilan to'qnash keladimi yoki boshqa raqibga qarshi o'yin o'tkazadimi, hozircha nomalum.
Bo Nikal o'z taqdimotidagi o'zgarishlarga hozircha hech qanday izoh bermadi. Amerikalik avgust oyida Jeykob Kardenasni mag'lub etib, yarim og'ir vazn toifasida liga tarixidagi ilk chempionlikni qo'lga kiritgandi.
33 yoshli Pet Dauni erkin kurash bo'yicha 2017 va 2021 yilgi turnirlarda ikki marta Nikalga yutqazgan. Joriy yilning may oyida esa greppling bo'yicha o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Kris Vaydmenni mag'lub etgandi.
