SportUz.Net
iks
ads

Peddi Pimblett - Jastin Getji jangi uchun zaxira varianti aytildi

17.12.2025 08:36    


Rasmni yuklab olish

2026 yilning 25 yanvar kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi "Ti-Mobayl Arena"da UFC 324 turniri o'tkaziladi.

Oqshomning asosiy jangi engil vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun kechadi va unda britaniyalik Peddi Pimblett amerikalik Jastin Getjiga qarshi oktagonga chiqadi. Arman millatiga mansub rossiyalik Arman Carukyan ushbu bahsni zaxira jangchisi sifatida sug'urtalaydi.  

"Peddi Pimblett va Jastin Getji o'rtasidagi jangda zaxirada bo'laman. Yani, agar ulardan biri jarohat olsa, men bir hafta, o'n kun, besh kun ichida uchib kelishga tayyor bo'laman. SHu bois, o'zimni ushlab turishim, mashq qilishim, sparringlar o'tkazishim va bu janglarda o'zimga jarohat etkazmaslikka harakat qilishim kerak. Pimblett va Getji o'rtasidagi jangdan keyin dam olaman", - dedi rossiyalik jangchi Moskvada bo'lib o'tgan ACBJJ ligasi matbuot anjumanida.

Bugun Arman Moskvadagi jiu-eitsu turnirida Mexdi Baydulaevga qarshi bahs olib boradi. Ikki haftadan keyin esa uni SHarabutdin Magomedov, yani SHara Bulletga qarshi jang kutmoqda. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: