
Xususan, yarim o'rta vazn toifasi reytingida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan qozog'istonlik aralash yakkakurash ustasi SHavkat Rahmonov bir pog'onaga yuqorilab, 2-o'ringa ko'tarilib oldi.
2025 yil hisobidan bitta ham jang o'tkazmagan Rahmonov Ian Machado Garri bilan o'rin almashib oldi. Machado uchinchi o'ringa tushdi. SHavkat 2024 yilning 8 dekabr kuni aynan Machadoni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi. Ulardan yuqoriroqda faqat ushbu vaznning sobiq chempioni avstraliyalik Jek Della Maddalena bor. Vazn chempioni Islam Maxachev.
