SportUz.Net
iks
ads

Rossiya terma jamoasida nechta oltin reja qilinayotgani haqida aytildi va O'zbekiston ham eslab o'tildi

13.12.2025 13:42    


Rasmni yuklab olish

Rossiya boks federaciyasi murabbiylar kengashi raisi Eduard Kravcov Dubay shahrida o'tayotgan jahon chempionati finallarida rossiyalik bokschilar nechta oltin medal qo'lga kiritmoqchi ekanligini aytdi.

— Bu tarixiy natija! Jahon chempionatida 13 nafar bokschimiz yarim finalda, 12 nafari finalda. Albatta, shubha bilan qaraydiganlar eng kuchlilar ishtirok etmayapti, deyishi mumkin. Lekin tahlil qilsak, hozir ham World Boxing chempionatida oltin medallarni qo'lga kiritgan xuddi shu bokschilar qatnashmoqda. Ularning ayrimlari yarim finalgacha etib kela olmadi, kimlardir esa finalga chiqdi. 

SHuningdek, bu erda O'zbekistonning 2024 yilgi Olimpiya o'yinlarida g'olib bo'lgan uch nafar olimpiada chempionlari ham finalda jang qiladi. Ammo hozir xursand bo'lishga erta — oldinda finallar bor. 12 finalchidan kamida yarmi oltin medal bo'lishi shart. Ana shundagina xursand bo'lish va bir-birimizni tabriklash mumkin bo'ladi, — dedi Kravcov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: