
Tashkilotchilar tomonidan ushbu oqshomning yana bir qiziqarli kechishi kutilyotgan jangi elon qilindi. Yarim o'rta vazn toifasi vakillari Kevin Xolland va Jeff Nil o'zaro oktagonda to'qnash kelishadi. Ushbu jang revansh maqomida bo'ladi.
Amerikaliklarning o'zaro birinchi jangi 2017 yilning yanvarida XKO mintaqaviy ligasi bayrog'i ostida bo'lib o'tgan va uchinchi raundda texnik nokaut evaziga Xollandning g'alabasi bilan yakunlangan edi.
Jeff Nil so'nggi to'rtta jangining uchtasida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Oxirgi jangining birinchi raundidayoq Karlos Pratesga nokaut bilan yutqazib qo'ydi. Kevin Xolland ham Jeffdan qolishmaydi. U hakamlarning yakdil qarori bilan Daniel Rodriges va Mayk Malottga imkoniyatni boy berdi.
Ayni paytda UFC’ning yarim o'rta vazn toifasi reytingida Jeff Nil o'n to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. Kevin Xolland esa divizionning Top-15 jangchilari qatoriga kirmaydi.
