SportUz.Net
iks
ads

Nurmagomedov: "Haqiqiy chempion davogarlar haqida o'ylamaydi"

13.12.2025 14:42    


Rasmni yuklab olish

Oktyabr oyida Mario Bautistani mag'lub etgan Umar Nurmagomedovni navbatdagi jangida Deyveson Figeredoni ehtimoliy mag'lub etishi ham UFC’ning eng engil divizionida chempionlik imkoniyatini kafolatlamasligi havotirga solmoqda.

SHu munosabat bilan rossiyalik aralash yakkakurash ustasi jahon chempioni bo'lish nimani anglatishini eslatib o'tishga qaror qildi.

"Jahon chempioni unvoni shunchaki toj emas. Bu sening eng yaxshi ekanligingning isboti va istalgan vaqtda buni tasdiqlash, yani himoya qilishga tayyorligingdir. Haqiqiy chempion davogarlar haqida o'ylamaydi. U bir shiorga sodiq qolishi kerak: "Har qanday raqib. Istalgan joyda. Istalgan vaqtda", - deb yozdi Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Katta ehtimol bilan, ushbu bayonot o'tgan hafta Merab Dvalishvilini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etib, engil vazn toifasida UFC chempionlik kamarini qaytarib olgan hamyurti Pyotr Yanga qaratilgan.

Eslatib o'tamiz, Umar Nurmagomedov va Deyveson Figeredo o'rtasidagi jang 24 yanvar kuni Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadigan UFC 324 turniri doirasida tashkil etiladi. Xuddi shu turnirda divizionning sobiq chempioni SHon O`Melli oktagonga qaytadi. Agar u Song Yadong ustidan g'alaba qozonsa, chempionlik poygasida nafaqat Nurmagomedovni, balki Dvalishvilini ham ortda qoldirishi mumkin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: