SportUz.Net
iks
ads

Breaking news! Tayson Fyuri qaytmoqda. Boks olami Britaniya derbisiga guvoh bo'ladi

13.12.2025 09:48    


Rasmni yuklab olish

Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri Riyadh Season turnirida ringga ko'tariladi.

Fyuri 2026 yilning bahor fasida o'tkaziladigan boks oqshomida vatandoshi, sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaga qarshi jang o'tkazadi. Bu Riyadh Season turnirining asosiy jangi bo'ladi. Britaniyalik bokschilar jang uchun dastlabki shartnomani imzolashdi.

The Ring xabariga ko'ra, bungacha har ikki bokschi bittadan jang o'tkazishi kerak bo'ladi, ular ham Riyadh Season boks oqshomlari doirasida bo'lib o'tadi. Jang o'tkaziladigan joy va aniq sana hozircha nomalum, ammo ikkala bokschi ham britaniyalik bo'lgani va aynan shu mamlakatda ularning eng ko'p muxlisi borligi sababli, ularning jangi Londondagi "Uembli" stadionida tashkil etilish ehtimoli yuqori. 

Bu haqida avvalroq Joshua va Fyuri bilan ishlaydigan promouterlar Eddi Xirn hamda Frenk Uorren bir-biridan mustaqil ravishda malumot berishgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: