SportUz.Net
iks
ads

SHahobiddin Zoirov ringga chiqqan turnirning asosiy jangida nokaut qayd etildi

13.12.2025 09:30    


Rasmni yuklab olish

BAAning Dubay shahrida IBA Jahon chempionati doirasida IBA.PRO 13 professional boks turniri tashkil etildi.

Xabar berganimizdek, ushbu oqshom doirasida o'zbekistonlik ikki bokschi ham o'zlarining navbatdagi janglarini o'tkazishdi. Madiyar Saidrahimov sakkiz raund to'liq davom etgan jangda rossiyalik David Dzukaevni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Rio-2016 Olimpiadasi chempioni SHahobiddin Zoirov esa IBA.PRO kamari uchun kechgan jangda Venesuela vakili Yoel Finolga hakamlarning ayri qarori bilan imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Turnirning asosiy jangi superog'ir vazn toifasida WBA Regular kamari uchun kechdi. Unda birinchi og'ir vazn toifasida sobiq jaho chempioni, rossiyalik Murat Gassiev superog'ir vaznda ushbu kamarning sobiq sohibi, bolgariyalik tajribali Kubrat Pulevga qarshi ringga ko'tarildi.

Dastlabki raundlar ikki tomon ham tavakkal qilmadi. Oltinchi raundda esa Gassiev Pulevni chap qo'l apperkot zarbasi bilan nokautga uchratdi. Murat Gassiev WBA Regular kamarini qo'lga kiritdi. Ushbu yo'nalishning to'laqonli chempioni ukrainalik Aleksandr Usik hisoblanadi.

Malumot uchun, 32 yoshli Murat Gassiev 7 yil oldin birinchi og'ir vazn toifasida jahon chempioni bo'lgan edi. Uning hisobida 33 g'alaba (26 tasi nokaut) va 2 ta mag'lubiyat bor. Yana bitta jang o'tkazilmagan deb topilgandi. Kubrat Pulev esa kecha tunda to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobida 32 g'alaba (14 tasi nokaut) bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: