SportUz.Net
iks
ads

SHahobiddin Zoirov IBA.PRO kamari uchun jang qildi

12.12.2025 22:48    


Rasmni yuklab olish

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida IBA.PRO 13 professional boks turniri bo'lib o'tdi.

Mazkur turnir doirasida hamyurtimiz, Rio Olimpiadasi chempioni SHahobiddin Zoirov IBA.PRO kamari uchun Venesuela vakili Yoel Finolga qarshi ringga ko'tarildi.

10 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda g'olib hakamlar qaroriga ko'ra aniqlandi. Jang yakuniga ko'ra afsuski SHahobiddin hakamlarning ayri qaroriga ko'ra (93-97, 96-94, 95-98) imkoniyatni boy berdi. 

Eslatib o'tamiz, avvalroq ushbu turnir mobaynida og'ir vaznli bokschimiz Madiyar Saidrahimov rossiyalik David Dzukaevni 8 raundlik jangda ochkolar evaziga mag'lub etgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: