SportUz.Net
iks
ads

Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev JCH finaliga yo'l oldi

11.12.2025 19:00    


Rasmni yuklab olish

Dubay shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi IBA Jahon chempionatining yarim final bellashuvlari o'tkazilmoqda.

Musobaqada -67 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz, Olimpiada va Jahon chempioni Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev yarim finalda Moldova vakili Alexandru Paraschivga qarshi ringga ko'tarildi.

Jang to'liq 3 raund davom etdi va unda Asadxo'ja  5:0 hisobida g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi.

Malumot uchun, Asadxo'ja bungacha musobaqa doirasida Bagam Orollari, IBA Pro jamoasidagi armanistonlik bokschi, shuningdek qozog'istonlik raqibdan ustun kelgandi. 

Endi bokschimiz finalda Rossiya yoki Armaniston vakiliga qarshi jang qiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: