
Kamerunlik sportchi PFL ligasi bilan amaldagi shartnomasi bo'yicha so'nggi jangini o'tkazishni va UFC Oq uyda bo'lib o'tadigan bayram musobaqasi kardini aniq shakllantirgunga qadar erkin agentga aylanishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda uning o'zi taniqli sharhlovchi Ariel Xelvaniga bergan intervyusida malum qildi.
"O'ylaymanki, mening navbatdagi jangim MMA bo'yicha bo'ladi, chunki biz allaqachon PFL bilan shartnomani yakunlashga juda yaqinmiz. Ular menga jang berishlari kerak. PFL bilan shartnoma tez orada tugaydi va men Oq uydagi UFC turnirigacha erkin agentga aylanaman, shuning uchun ha - Jon Jons bilan jang o'tkazilishi mumkin. Oq uydagi turnirgacha hali ko'p vaqt bor, shuning uchun ko'ramiz. Aslida, UFC’dagi aksariyat odamlar, jumladan, Xanter Kempbell bilan ham yaxshi munosabatdaman. Kelasi yili men Jon Jons va Deontey Uaylder bilan jang qilishni xohlardim - bu to'qnashuvlarning o'tkazilish ehtimoli bor", - dedi "Yirtqich".
Frensis Ngannuning navbatdagi raqibi shu haftadayoq Liondagi PFL turnirida vakant bo'lib turgan og'ir vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun Vadim Nemkov va Xenan Ferreyra o'rtasidagi bahsda aniqlanishi mumkin.
Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Amerika mustaqilligining 250 yilligiga bag'ishlangan jahonning eng kuchli ligasi bayram turniri 14 iyun kuni bo'lib o'tishi va unda to'qqiztagacha titul janglari o'tkazilishi haqidagi malumotni tasdiqlagandi.
