SportUz.Net
iks
ads

Abdumalik Xalokov JCH finaliga yo'l oldi

11.12.2025 18:27    


Rasmni yuklab olish

Birlashgan Arab Amirliklari boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi IBA Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Bugun chempionat doirasida yarim final bahslari tashkil etilmoqda. Musobaqada -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Olimpiada va Jahon chempioni Abdumalik Xalokov yarim final doirasida Armaniston vakili Artur Bazeyanga qarshi ringga ko'tarildi.

Jang to'liq davom etdi va unda Abdumalik Xalokov 5:0 hisobida g'alabaga erishib, finalga yo'l oldi.

Bungacha Abdumalik musobaqa doirasida ikkita bosqichdan avtomatik tarzda o'tib, nimchorak finalda ispaniyalik Enrike Kakulovni, chorak finalda esa Ozarbayjon vakili Mahammadali Ashiralievni mag'lubiyatga uchratgandi. 

Endi Xalokov finalda Tojikiston yoki Rossiya vakiliga qarshi jang qiladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: