SportUz.Net
iks
ads

Asilbek Jalilov rossiyalik raqibga qarshi jangni yakunladi

11.12.2025 17:51    


Rasmni yuklab olish

Dubay shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi IBA Jahon chempionatining yarim finallari boshlandi.

Musobaqada -54 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Asilbek Jalilov yarim finalda Rossiya vakili Vyacheslav Rogozinga qarshi ringga ko'tarildi. 

Jang to'liq davom etdi va unda hamyurtimiz afsuski 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Jang davomida hakamlar bokschimizdan ochko ham olib tashlashdi. 

Asilbek yarim finalga qadar Turkiya, Gana va Serbiya vakillarini musobaqadan chiqarib yuborgandi. 

Bokschimiz musobaqani bronza medali bilan yakunlaydigan bo'ldi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: