
2026 yilda SHimoliy Amerika promousheni 13 ta raqamli (PPV) turnir va UFC Fight Night seriyasining 30 ta tadbirini - taqvim yilida jami 43 ta turnir o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Taqqoslash uchun, UFC yakuniga etib borayotgan 2025 yilda jami 42 ta turnir tashkil etdi. Yangi yildagi ilk raqamli turnir UFC 324 — 24 yanvar kuni AQSHning Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi. Oqshomning asosiy janglari Kayla Xarrison - Amanda Nunes va Peddi Pimblett - Jastin Getji o'rtasida chempionlik kamarlari uchun kechadi.

IBA Jahon chempionatining 1/2 finaliga qaysi davlatdan necha nafar bokschi etib keldi?