SportUz.Net
iks
ads

9 nafar bokschimiz IBA Jahon chempionati yarim finaliga yo'l oldi (barcha natijalarimiz bitta sahifada)

11.12.2025 01:15    


Rasmni yuklab olish

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi IBA Jahon chempionati o'tkazilmoqda.

10 dekabr kuni musobaqada chorak final bahslari tashkil etildi. Unda 11 nafar o'zbekistonlik bokschi ringga ko'tarildi. 

CHorak finalda jang qilgan bokschilarimizning 9 nafari g'alabaga erishdi va yarim finalga yo'l oldi.

Bokschilarimiz qayd etgan natijalar bilan tanishing: 

-48 kg: SHodiyorjon Meliqo'ziev - Subxan Mamedov (Ozarbayjon) 1:4

-54 kg: Asilbek Jalilov - Artur Nagapetyan (Serbiya) 4:1

-60 kg: Abdumalik Xalokov - Mahammadali Ashiraliev (Ozarbayjon) 5:0

-67 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Sanatali Toltaev (Qozog'iston) 4:1

-75 kg: Fazliddin Erkinboev - Saidjamshid Jafarov (Ozarbayjon) 5:0

-86 kg: Akmaljon Isroilov - SHarabutdin Ataev (Rossiya) 0:5

+92 kg: Arman Maxanov - Alexandro Lopez (Kuba) 5:0

-51 kg: Hasanboy Do'smatov - Meroj Sufijonov (Tojikiston) 4:1

-57 kg: Xo'janazar Nortojiev - Jirair Sarisyan (Armaniston) 4:1

-80 kg: Javohir Ummataliev - Artyom Ageev (Serbiya) 5:0

-92 kg: To'rabek Xabibullaev - Xulio Sezar La Kruz (Kuba) 4:1 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: