
Kecha o'tkazilgan chorak final janglari natijasiga ko'ra, eng ko'p ishtirokchi Rossiyadan - 13 nafar! Ikkinchi o'rindan O'zbekiston terma jamoasi joy olgan. To'qqiz nafar bokschimiz yarim finalga etib kelish asnosida jahon chempionatining kamida bronza medalini naqd qildi.
CHorak finalda ko'p yo'qotishga uchragan Qozog'iston terma jamoasining 6 nafar vakili 1/2 finalga yo'l oldi. Armaniston 5, Ozarbayjon 3, Gruziya, Zambiya, Ispaniya, Qirg'iz Respublikasi va Tojikistondan 2 nafardan bokschi final chiptasi uchun ringga chiqadigan bo'ldi. Yarim finalchilar orasida hatto Nepaldan ham bokschi bor.
IBA Jahon chempionati. 1/2 final ishtirokchilari:
Rossiya — 13
O'zbekiston — 9
Qozog'iston — 6
Armaniston — 5
Ozarbayjon — 3
Gruziya — 2
Zambiya — 2
Ispaniya — 2
Qirg'iz Respublikasi — 2
Tojikiston — 2
Belarus — 1
Kuba — 1
Mali — 1
Moldova — 1
Nepal — 1
Turkmaniston — 1

IBA Jahon chempionatining 1/2 finaliga qaysi davlatdan necha nafar bokschi etib keldi?