SportUz.Net
iks
ads

UFC on ESPN 73 turnirining to'liq kardi tasdiqlandi

11.12.2025 08:15    


Rasmni yuklab olish

Yakshanba tonggida Las-Vegas shahrida 2025 yildan o'rin olgan so'nggi UFC turniri o'tkaziladi va uning asosiy jangi Ramazon Temirov vaznida tashkil etiladi.

Tashkilotchilar tomonidan UFC on ESPN 73 turnirining to'liq kardi tasdiqlandi. Oqshom doirasidan jami 12 ta jang o'rin olgan - 5 tasi asosiy, 7 ta prelim kardda. Turnirning markaziy jangi o'ta engil vazn toifasida Brendon Royvel va Manel Kape o'rtasida bo'lib o'tadi. 

Bu hamyurtimiz Ramazon Temirov vaznidagi davogarlik jangi hisoblanadi. Kape so'nggi jangini mart oyida qozog'istonlik Asu Almabaevga qarshi o'tkazib, raqibini uchinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi. Brendon Royvael esa 29 iyun kuni Joshua Vanga ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib qo'ygandi. Joshua kuni kecha bu vaznda UFC chempioni bo'lganidan xabaringiz bor, albatta.  

UFC on ESPN 73 turnirining to'liq kardi:

Asosiy kard

Brendon Royvel — Manel Kape

Giga CHikadze — Kevin Valexos

Sezar Almeyda — Cezari Olekseychuk

Melkizael Kosta — Morgan SHarre

Kennedi Nzechukvu — Markus Almeyda


Prelim kard

Amanda Lemos — Jillian Robertson

Joanderson Brito — Melsik Bagdasaryan

Nil Magni — Yaroslav Amosov

Stiven Asplund — SHon SHaraf

Luana Santos — Melissa Kroden

Allen Fray — Gilerme Pat

Tereza Bleda — Jeymi-Lin Xort



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: