
Musobaqada -80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Javohir Ummataliev chorak finalda Serbiya vakili Artyom Ageevga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq davom etdi va unda Javohir Ummataliev 5:0 hisobida g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi.
Endi bokschimiz yarim finalda Kuba vakili Arlen Lopesga qarshi ringga ko'tariladi.
Eslatib o'tamiz, Javohir bungacha Seyshel Orollari, Gaiti va Qirg'iz Respublikasi bokschilarini mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga qadar etib kelgandi.
IBA Jahon chempionatining 1/2 finaliga qaysi davlatdan necha nafar bokschi etib keldi?