SportUz.Net
iks
ads

JCH-2025. Xo'janazar Nortojievning armanistonlik bokschiga qarshi jang yakunlandi

10.12.2025 22:51    


Rasmni yuklab olish

Dubay shahri boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi IBA Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Musobaqada -57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Xo'janazar Nortojiev chorak finalda armanistonlik Jirair Sargisyanga qarshi ringga ko'tarildi. 

Jang to'liq davom etdi va unda Xo'janazar 4:1 hisobida g'alabaga erishib, yarim final chiptasiga ega chiqdi.

Malumot uchun, Nortojiev bungacha SHri-Lanka va Hindiston vakillarini mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga etib kelgandi. 

Endi u yarim finalda JAR yoki Tojikiston vakiliga qarshi jang qiladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: