
Musobaqada -67 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz, Olimpiada va Jahon chempioni Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev chorak finalda Qozog'iston vakili Sanatali Toltaevga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq 3 raund davom etdi va unda Asadxo'ja 4:1 hisobida g'alabaga erishdi.
Malumot uchun, Asadxo'ja bungacha musobaqa doirasida Bagam Orollari hamda IBA Pro jamoasi tarkibida musobaqada qatnashayotgan armanistonlik bokschidan ustun kelgandi.
Endi bokschimiz yarim finalda Uganda yoki Moldova vakiliga qarshi jang qiladi.