
Musobaqada -86 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Akmaljon Isroilov chorak finalda rossiyalik SHarabutdin Ataevga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq davom etdi va unda afsuski Isroilov 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Malumot uchun, Akmaljon Isroilov bir necha oy oldin Liverpulda o'tkazilgan World Boxing tashkilotining oltin medali sohibi hisoblanadi. SHarabutdin Ataev esa 2023 yili Toshkent mezbonlik qilgan dunyo birinchiligida chempionlikni qo'lga kiritgandi.
Akmaljon bungacha SHotlandiya va Qozog'iston vakillarini mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga qadar etib kelgandi.