SportUz.Net
iks
ads

Aleks Volkanovski Lopesdan keyingi ehtimoliy raqibini aytdi

10.12.2025 17:42    


Rasmni yuklab olish

UFC chempioni Aleksandr Volkanovski 31 yanvar kuni Diego Lopesga qarshi jangdan keyin o'zining keyingi raqibi kim bo'lishi mumkinligini aytdi.

Unga ko'ra, eng munosib raqib — 66 kg vazn toifasidagi reytingda 1-o'rinda turgan rossiyalik Movsar Evloev.

"Menimcha, eng munosib jangchi — Movsar. Agar uning kimlar bilan jang qilganiga nazar tashlasak, u birinchi raqamli davogar bo'lishi kerak. Lekin Myorfi yoki hatto Aljameyn Sterling ham munosib jangchilar. Hammasi yaxshi ko'rsatkichlarga ega. Biroq men Movsarni tanlardim. U mag'lub etilmagan. Nom nuqtai nazaridan olganda, bu jang men uchun juda muhim bo'lardi. Garchi shunday desam-da, men etarlicha meros yarata olganman, deb o'ylayman. Ammo Sidneydagi ko'plab muxlislar oldida Lopesga qarshi jang — hozir men uchun eng muhim voqea", — deb yozadi FOX Sports Australia Volkanovskining so'zlarini.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: