SportUz.Net
iks
ads

"Dana boksga foyda olib keladi deb o'ylamayman" - Roy Jons

10.12.2025 15:18    


Rasmni yuklab olish

Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Roy Jons-kichik UFC prezidenti Dana Uaytning boksga kirib kelishiga salbiy munosabat bildirdi.

"Bu boks sporti uchun juda yomon, chunki Uayt va uning tarafdorlari boksni qandaydir aralash jang sanatiga o'xshab ketadigan qilib qo'yishmoqchi. Boksning tarixi juda boy. Boks bu kamarlar bilan MMAdan ancha oldin paydo bo'lgan.

Agar bu narsani boksdan olib tashlasangiz, tarixning katta qismi yo'qoladi. Va men kabi ko'plab odamlar bundan norozi bo'lishadi. SHuning uchun menga bu yoqmaydi, yo'q… Uayt boks rivojiga yaxshi tasir qiladi, deb o'ylamayman", — dedi Jons.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: