
Musobaqada -57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Xo'janazar Nortojiev ikkinchi jangini Hindiston vakili Sachinga qarshi o'tkazdi.
Jang to'liq davom etdi va unda Xo'janazar 5:0 hisobida g'alaba qozondi.
Xo'janazar musobaqadagi ilk jangida SHri-Lanka vakilidan ustun kelgandi.
Endi u navbatdagi jangini Armaniston bokschisi Jirayir Sarkisyanga qarshi o'tkazadi.
Bugun 11 nafar bokschimiz IBA Jahon chempionatida ringga ko'tariladi (to'liq ro'yxat)